TIJORАTLАSHTIRISHDАGI ILK QАDАM

Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan trixogramma tarqatadigan qurilma tijoratlashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan va Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan tijoratlashtirish loyihalari doirasida ishlab chiqilgan trixogrammani mexanizatsiyalashgan usulida tarqatish qurilmasi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining saʼy-harakatlari bilan Paxta seleksiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga sotildi.
Mazkur qurilma yordamida trixogrammalar tarqatilganda oʼrtacha 70,2 foiz biologik samaradorlikka erishiladi.
Аgroklasterlar, fermer va dehqon xoʼjaliklaridan yangi buyurtmalarni kutib qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube