Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

_Ихтиро

_Ихтиро
Dehqonlar uchun yana bir qulaylik Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ildizmevalarni yig‘ishtirib olishda dehqonlarning ham vaqtini, ham naqdini tejaydigan uskuna ishlab chiqilgan. Ilmiy muassasa olimlari tomonidan kashf ishlab chiqilgan energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagich quyidagi afzalliklarga ega: kartoshka pushtasi yuzasidagi qattiq kesaklarni maydalash maqsadida texnologik jarayonning boshida unga maxsus tayanch-kesak maydalovchi qurilma o‘rnatilgan; undan so‘ng seksiyali ixchamlashtirilgan lemexlar o‘rnatilgan bo‘lib, kartoshka pushtasining kerakli qismini kovlab olib elaklarga kam tuproq massasini uzatadi; elaklarni elaklash qobiliyatini oshirish uchun ularga to‘lqinsimon yumshatgichlar o‘rnatilganligi hisobiga tuproqni elak bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi ta’minlanadi. Bu o‘z navbatida uning elaklanish darajasini oshiradi. Mazkur ishlanma Intelektual mulk agentligi tomonidan patentlangan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.