БАЙРАМ_МУБОРАК

Qishloq xo‘jaligi xodimlariga
Sevadilar tuproq ona yerni,
Dala deb o‘tgan har damlari,
Sizdek halol inson bormi,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Tong demay siz dala kezib,
Yomg‘ir yog‘sa tinmay ezib,
Yurt g‘amini yurak sezib,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Qo‘lga olib siz ketmonni,
To‘ldirasiz siz xirmonni,
Elni rizq-u dasturxonni,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Paxtakorsiz, siz ilg‘orsiz,
Hamisha siz madadkorsiz,
Yurtga asl fidokorsiz,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Siz bilan obod ozod Vatan,
Sizla bunyod sog‘lom bu tan,
O‘zbekiston — bu jonajon,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Har kunimiz bayramga o‘xshar,
Bizga dunyo havas qarashar,
Unutilmas bir kunga o‘xshar,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari.
Muhammad ham bitdi she’rini,
Suygan emas sizdek har yerini,
Qarshi oling dildan borini,
Qishloq xo‘jaligi xodimlari!
Muhammadjon Ismoilov Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi bosh agronomi
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube