Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tez kunlarda hamma bajarishi shart bo‘lgan qoida nima?

Tez kunlarda hamma bajarishi shart bo‘lgan qoida nima?
Paxtachilikda aqlli kompyuterlarimiz, ya’ni navlarimizga kerakli eng zarur software — qarish signalini berish, bargni to‘kish (defoliatsiya) va poyani obdon quritish (desikatsiya) amaliyotidir. Ochig‘ini aytish kerak, qarish signalini berish hammaga yangilikdir. Biroq defoliatsiya va desikatsiya masalasida bizda ko‘p yillardan beri noto‘g‘ri tushuncha shakllanib ulgurgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu faqat fermerning xatosi emas. Ba’zan mahalliy hokimliklar ham, hatto ayrim seleksioner, olim-agronom va maslahatchi-mutaxassislar ham: “Bargni erta to‘ksak yoki g‘o‘zani quritishga kirishsak, ko‘sak vazni kamayib qolmaydimi, hosil yengillashib ketmaydimi?” degan xavotir bilan belgilangan tavsiyalarni tom ma’noda chetlab o‘tishga urinib kelgan. Ayrim hollarda defoliatsiya qog‘ozda bor, hisobotda bor, lekin dalada haqiqiy texnologik samara bermaydigan darajada kech, sust yoki noto‘g‘ri amalga oshirilgan holatlar bo‘lgan. Ya’ni kompyuter dastursiz qoldirilgan, yakuniy algoritmlar ishlamay qolgan. Buni yashirish emas, to‘g‘ri xulosa qilish kerak. Biz ko‘p yillar davomida ko‘sakni ko‘rib yupanganmiz, ammo ochilmagan ko‘sakning hosil emasligini yetarlicha hisobga olmaganimizni tan olishimiz kerak. Biz yashil g‘o‘zani ko‘rib: “G‘o‘za hali ishlayapti, yana hech bo‘lmasa bir-ikkita ko‘sak olsin”, deb o‘ylaganmiz, ammo mavsum oxirida yashillik ba’zan kechikish belgisi ekanini anglamaganmiz. Biz bargni to‘kishdan qo‘rqqanmiz, ammo barg qolsa, terimni qiyinlashtirishi, tolaga aralashishi, sifatga ta’sir qilishi va eng asosiysi, g‘o‘za ozuqasining bir qismi hosilga emas, poya va bargda qolib ketishini yetarlicha o‘ylamaganmiz. Biz desikatsiyadan qochganmiz, ammo poya va ildizda to‘plangan ozuqa sovuq tushganda chirib ketishi, fermer mehnati esa to‘liq daromadga aylanmasligi mumkinligini tasavvur qila olmaganmiz. Afsuski, oramizda hali-hanuz buni to‘la tushunmaganlar bor. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning "Yangi O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan "G‘o‘zaning “merosi” dalada qolmasin yoxud paxtani faqat o‘stirish emas, vaqtida pishirish ham kerak" sarlavhali maqolasidan. Maqolani o‘qish uchun havolani bosing: https://yuz.uz/oz/news/gozaning-merosi-dalada-qolmasin-yoxud-paxtani-faqat-ostirish-emas-vaqtida-pishirish-ham-kerak Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.