Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Terim mashinalarini ta’mirlashga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Terim mashinalarini ta’mirlashga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan birga Jizzax viloyatidamiz. Guruhimiz tomonidan viloyatda paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish, paxta qabul qilish maskanlarida ishni to‘g‘ri tashkil qilish, qabul qilingan xom ashyoning ma’lumotlarini “agroplatforma. uz” portaliga to‘g‘ri kiritish borasidagi ishlarga e’tibor qaratilyapti. O‘rganish jarayonida yechimini kutayotgan masalalar, terim sur’atini oshirishga to‘siq bo‘layotgan sabablarga ham vazir boshchiligida yechim topishga harakat qilyapmiz. Masalan, bugun viloyatning Sharof Rashidov tumanidagi paxta dalalarida bo‘ldik. Tumanda joriy yilda 10 ming gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lib, 36 ming tonna hosil yetishtirish mo‘ljallangan. Ta’kidlash kerakki, mo‘l hosil yetishtirilgan. Biroq, quyosh ko‘kda doim porlab turavermaydi. Shu bois hosilni qisqa fursatda yig‘ishtirib olish zarur. Buning uchun terimga ko‘proq texnika jalb etish zarur. Ammo paxta teruvchi kombaynlar kam. Borlarining ham aksariyat qismi nosoz holatda. Misol uchun “Jizzax indsturial to‘qima” MCHJning 30 dona paxta terish mashinasi bor. Taassufki, shuncha texnikadan sozi 6 tagina ekan. Qolganlarini tuzatishga ehtiyot qism va mutazassislar kerak. Vaqt esa to‘xtab turmaydi. Vazir I.Abdurahmonovning tashabbusi va sa’y-harakati bilan ehtiyot qismlar uchun mablag‘ yo‘naltirilib, Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutidan texnikalarni ta’mirlashga mutaxassislar jalb qilindi. Qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek nosoz texnikalar ta’mirlanib, texnika parkidan paxta dalalariga yo‘l oldi. Maqsadimiz, hosilning bir misqolini ham uvol qilmasdan, sifatli tarzda yig‘ib olishdir. Shuhrat Otajonov |Rasmiy kanali

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.