Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Telegram'dagi firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Telegram'dagi firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
So‘nggi paytlarda Telegram'da firibgarlar boshqa insonlarning akkauntlarini qo‘lga kiritib, ularning nomidan yaqinlari, hamkasblari yoki tanishlariga murojaat qilmoqda. Odatda ular "qiyin vaziyatga tushib qoldim", "shoshilinch pul kerak" kabi bahonalar bilan qarz so‘raydi. Bunday xabarlarga darhol ishonmang. Avvalo, o‘sha inson bilan telefon orqali yoki boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, murojaatning haqiqiyligini aniqlang. Aks holda firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishingiz mumkin. Afsuski, so‘nggi paytlarda bunday firibgarlar Milliy markaz xodimlarining Telegram akkauntlarini ham nishonga olmoqda. Shu bois barchani hushyor bo‘lishga, shubhali xabarlarga ishonmaslikka va ma'lumotni albatta tekshirishga chaqiramiz. Ogohlik — firibgarlikdan himoyalanishning eng samarali yo‘lidir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.