Teatr — ma’naviyat maskani

O‘tgan asrning ma'’rifatparvar insonlaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy “teatr – bu ibratxonadur!” deb aytgan. Bu gapni biz maqolalarda keltirilgan iqtiboslarda ko‘p o‘qiganmiz.
Biroq teatrning ibratxona ekanligini sahnada hozirgina tamosha qilib, qalbingni larzaga solgan voqelik holatidan chiqa olmaganingdagina va bu seni tafakkuringni uyg‘otgandagina his qilasan kishi.
Bugun O‘zbek milliy akademik teatrida sohibqiron Amir Temur hayotidan olingan “Adolat fasli” spektaklini tamosha qilgan Milliy markaz jamoasi ham teatr nafaqat ibratxona, balki ma’naviyat o‘chog‘i ekanligini his qilishgan bo‘lsa ne ajab!
Spektakldagi voqealar katta bir maqola uchun mavzu. Biroq shuni aytish mumkinki, adolasizlikka yo‘l qo‘ygan farzandini hukmdor sifatida adolat yuzasidan og‘ir jazoga hukm qilgan sohibqiron Amir Temurning ota sifatidagi iztiroblari tamoshabinning qalbiga ko‘chdi.
Sahna qirollari buni o‘zlarining yuksak iste’dod va mahoratlari bilan uddalay olishdi.