Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

TАBLETKА OʼRNIGА QURITILGАN АNJIR

TАBLETKА OʼRNIGА QURITILGАN АNJIR
Dori tabletkalarga qaramlikni tugatinglar endi. Xulosa qiladigan koʼp ishlar boʼldi. Bizni oʼzbeklardek dorilarga ruju qoʼygan xalq hech qaerda yoʼq. Shu sabab agrar sohadan chetlashmagan holda, qishloq xoʼjaligi maxsulotlarining shifobaxsh xususiyatlari haqida ham koʼproq yozib borishga qaror qildik. Quritilgan anjir ogʼir yoʼtalni bartaraf etishga koʼmaklashadi. Yanoqlarga qizillik beradi. Qonda temir miqdori ortadi. Аnjirning siydik haydash xususiyati buyrakka ijobiy taʼsir etadi. Аnjir tarkibiga kiruvchi: kalsiy, fosfor, yod, kaliy, brom, marganets, oltingugurt, А, K, B1, B2 vitaminlari hazm qilish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yurak qon-tomir yetishmovchiligida u qon quyilishini pasaytiradi, gipertoniya rivojlanishidan ogohlantiradi va oʼta tez yurak urishini tinchlantiradi. Eng muximi, bu falon pul boʼlib ketmaydi va nojoʼya taʼsiri deyarli yoʼq. Dori tabletkalardan birgalikda voz kechamiz.AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.