TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Bugun — Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, taniqli olim Turdishev Bekmurod Xojamuratovich tavallud topgan kun!
Bekmurod Xojamuratovich o‘zining agrar sohadagi ilmiy faoliyatini 1987–1992 yillarda K. A. Temiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasida tahsil olayotgan davrda boshlagan.
O‘qishni tamomlagach, ona yurti Qoraqalpog‘istonga qaytib, qishloq xo‘jaligi sohasida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritdi. Uning butun mehnat yo‘li Qoraqalpoq elida dehqonchilik madaniyati va ilm-fanni rivojlantirishga bag‘ishlangan.
U, yillar davomida institutda ko‘plab yosh mutaxassislarga ustozlik qilib, hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos, hosildor ekin navlarini yaratish jarayonlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi hurmatli Turdishev Bekmurod Xojamuratovichni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, uzoq umr, ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar va ezgu ishlarda bardavomlik tilaydi!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube