Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

tashrif

tashrif
⌛ Bugun Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyon rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo`ldi. Tashrif davomida agentlik rahbari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda tashkil etilgan fitotron va o`simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik va agrokimyoviy hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalar, in-vitro usulda yo`lga qo`yilgan innovatsion ishlanmalar bilan qiziqdi. Shuningdek, institut seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan navlar hamda noan`anaviy ekinlar ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar bo`yicha ham batafsil ma`lumotlar berildi. Uchrashuv so`ngida Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda yangi innovatsion loyihalar ustida ish olib borishga kelishib olindi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.