Taqdirlov

Munosiblar e’tirof etildi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Qishloq xo‘jaligi hodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda sohani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati uchun bir guruh olimlar “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tadbir avvalida Milliy markaz direktori Shodmon Namozov barchani bayram bilan tabriklab, yil davomida amalga oshirilgan samarali izlanish va mehnat faoliyatini e’tirof etdi. Mazkur taqdirlov — ilmiy izlanishlarga sadoqat, yangilikka intilish va agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarga berilgan munosib bahodir.
Taqdirlangan olimlarimizni chin dildan tabriklaymiz!
Ularning izlanishlari, tashabbuslari va mehnati yurtimiz qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga yana ko‘p yillar xizmat qilsin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube