Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

tanqid

tanqid
Ilmiy-tajriba stansiyalari faoliyatini tanqidiy o’rganish boshlandi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan ilmiy-tajriba stansiyasining ham asosiy vazifasi boshqa stantsiyalar kabi soha yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fan va amaliyotning ilg‘or yutuqlaridan to‘la foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat majmuasining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy-amaliy izlanishlardan olingan natijalarni qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etishdan iborat. Vazifa aniq. Xo‘sh, stansiya jamoasi zimmasiga yuklatilgan vazifani nechog‘lik uddalayapti? Ushbu savolga javob topish maqsadida Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov boshchiligidagi ishchi guruh stansiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ochig‘ini aytish kerak, ilmiy dargoh deb ataladigan ushbu makonning ostonasidagi hunuk manzaraning o‘ziyoq jamoa a'zolarida o‘zibo‘larchilik, xo‘jasizlik kayfiyati hukmron ekanligidan darak berdi. Ishchi guruh a'zolari stantsiya faoliyati bilan tanishar ekan, ish to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, tovar-moddiy boyliklari tegishli tartibda saqlanmayotganligi, bir so‘z bilan aytganda barcha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligiga guvoh bo‘ldi. iImiy-tajriba stansiyasining tasarrufida bo‘lgan 147 gektar ekin maydonlaridagi holat ham ko‘zdan kechirildi. Tadqiqot o‘tkazilayotgan g‘o‘za navlarning ko‘rgazma maydoniyu pishib yetilgan g‘allaning hosildorligi ham mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Ekin yerlaridan samarasiz foydalanish holatlari va ilmiy muassasa jamoasi uchun xos bo‘lmagan salbiy holatlar Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov tomonidan keskin tanqid qilindi. – Ilmiy-tajriba stansiyasida ilmning hidi taralishining o‘rniga bu yerda nosog‘lom muhit vujudga kelgan. Bu esa mamlakatimiz paxtachilik ilmining bir qismi bo‘lgan ushbu muassasada bir joyda depsinib qolish holatini keltirib chiqargan. Xo‘jasizlik, boshboshdoqlikk sababli nomi ulug‘ bo‘lgan dargohda xodimlarning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit, hattoki, boshqaruv idorasining darvozasi yo‘q. Sababi aniq. Moliyaviy imkoniyat past. Vaholangki, 147 gektar ekin yeri bo‘lgan ilmiy tashkilot homiylik qilishga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun rahbar uquvli, jamoa ahil bo‘lishi lozim. Aks holda mashhur bir masalda aytilganidek, arava joyidan jilmaydi – dedi. Shuhrat Otajonov. O‘rganishlar yakunida ilmiy-tajriba stantsiyasi faoliyatiga qoniqarsiz baho berilib, qisqa muddat ichida muassasa hududini obodonlashtirish va ilmiy faoliyatni rivojlantirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan topshiriq berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.