Tanishing: g'o'zaning xorijiy — "MG26" navi

G'o'zaning Xitoy seleksiyasiga mansub "MG26" navi Qishloq xo'jaligi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilda ilk bor mamlakatimizning turli hududlarida tuproq iqlim sharoitiga moslashuvchanligi Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy tajriba stansiyalari va Milliy markaz tizimidagi elita urug'chilik xo'jaliklarida sinovdan o'tkazildi.
Parvarish jarayonida belgilangan tavsiyalar va agrotexnik qoidalarga to'liq amal qilingan maydonlarda nav o'zining qimmatli belgilari va ijobiy ko'rsatkichlarini namoyon qildi. Quva tumanidagi "Quva" elita urug'chilik xo'jaligining 40 gektar maydonida parvarish qilingan mazkur navdan kutilganidan ziyod hosildorlikka erishildi. Farg'ona viloyati Agroxizmatlar markazi rahbari Ravshanbek Qurbonovning ta'kidlashicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra har gektar maydondan 84 sentner hosil chamalanmoqda. Bu shu paytgacha 50 sentner hosildorlikka erishgan fermer uchun rekord ko'rsatgich hisoblanadi. To'liq tafsilotlar bilan videoda tanishishingiz mumkin.
Hurmatli fermerlar agar ushbu nav sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa, bu videoni o'zingizga saqlab oling va fermer tanishlaringizga ulashing.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube