Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Takroriy ekinda makkajo‘xorini bargidan oziqlantirish samaradorligi muhokama qilindi

Takroriy ekinda makkajo‘xorini bargidan oziqlantirish samaradorligi muhokama qilindi
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasida dala seminari tashkil etildi. Seminar “Takroriy ekinda ekilgan xorijiy makkajo‘xorini bargidan oziqlantirishning hosildorlikka ta’siri va iqtisodiy ko‘rsatkichlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ilmiy-tajriba stansiyasi direktori Qobiljon Azizov va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Ulmasboy Sobitovlar so‘zga chiqib, makkajo‘xorini turli iqlim sharoitlarida yetishtirish tajribasi, hosildorlikka ta’siri, urug‘chilikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’lumot berdilar. Mutaxassislar iqlim sharoitdan kelib chiqib, innovatsion agrotexnik usullardan foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Seminarda TDAU dotsenti T. Boyqobilov takroriy ekinda tajriba qo‘yish metodikasi, agroteхnik talablar va hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida izlanuvchilar ilmiy mulohazalarini bayon qildilar, taklif va savollar yuzasidan bahs-munozara olib borildi. Mazkur dala seminari xorijiy makkajo‘xori navlarini qayta ekishda bargidan oziqlantirish samaradorligini ilmiy asoslash, iqtisodiy natijalarni tahlil qilish va fermerlar uchun amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.