TAKLIFNOMA

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ!
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi Sizni “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida ilmiy innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali sholi va dukkakli ekinlarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga samimiy taklif etadi.
Konferensiyada global iqlim o‘zgarishi sharoitida sholi va dukkakli ekinlarni yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy innovatsiyalar, seleksiya va urug‘chilik, resurs tejamkor texnologiyalar hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalari muhokama qilinadi.
Sana: 2026-yil 20-avgust
Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti
Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etadi.
Sizni ushbu nufuzli ilmiy anjumanda kutib qolamiz!
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati
Web | Telegram | Facebook | Instagram