TAJRIBA

Poliz ekinlari uchun qaysi rangdagi plyonka samaraliroq?
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari poliz ekinlarini yetishtirishda an'anaviy shaffof va qora rangli plyonkalar bilan bir qatorda turli rangdagi plyonkalardan foydalanish samaradorligini ham o‘rganmoqda.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tajribalarning dastlabki natijalari haqida institut laboratoriya mudiri Rafiqjon Hakimov ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, rangli plyonkalar tuproq harorati, namlik rejimi va o‘simliklarning o‘sish-rivojlanishiga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois ularning qaysi turlari muayyan poliz ekinlari uchun eng samarali ekanini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube