TAJRIBA

Chia ekini ustida tajriba yo‘lga qo‘yildi
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ilk bor chia (chiya) ekini kichik tajriba maydonchasida ekilib, urug‘ini ko‘paytirish ishlari boshlandi. Tajribaning maqsadi — chia o‘simligini mahalliy iqlim sharoitida o‘stirish imkoniyatlarini o‘rganish va uni istiqbolli ekin sifatida joriy etishdir.
Chia urug‘i o‘simlik tolalari, oqsillar, vitaminlar va minerallarga boy. U ichak faoliyatini normallashtiradi, tarkibidagi antioksidantlar esa hujayralarni zararli ta’sirdan himoya qiladi.
Foydali jihatlari:
• Ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.
• Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
• Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalariga nihoyatda boy.
Bundan tashqari, chia o‘simligining yashil biomassa qismi chorvachilikda yuqori oziqaviy qiymatga ega yem sifatida foydalanilishi mumkin.
Institut olimlari fikricha, bu tajriba kelgusida Janubiy mintaqalarda chia ekinini mahalliylashtirish va fermer xo‘jaliklari uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube