Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tahlil

Tahlil
Ilmiy va xizmat ko‘rsatishdagi natijalar tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy – tadqiqot institutlari va hududiy agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy muassasalar hamda hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyati tahlil qilindi. Yig‘ilishni boshqargan Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov erishayotgan yutuqlarimiz kamchiliklarimizning soyasida qolib ketmasligi zarur. Buning uchun ijro intizomiga qat’iy amal qilish, ilmiy yo‘nalishlarda berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, bozor talabiga qarab yangi ilmiy ishlanmalar ustida ishlash zarur. Zero, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zimmamizda katta mas’uliyat bor, deya ta’kidladi. Yigilish so'ngida sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr – mulohaza va takliflar bildirildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.