tadqiqot

Yangiqo‘rg‘onliklar kartoshkachilikni olimlar bilan hamkorlikda rivojlantiryapti
Gap shundaki, joriy yil boshida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbari Sh. Otajonov tashabbusi bilan ilmni beaosita aholi tomorqalariga tatbiq qilish maqsad qilindi.
Ko‘zlangan maqsad, mamlakatimiz agrar sohasi ilm-fani yutuqlari, yangi yaratilgan resurs tejamkor mahalliy navlar va agrotexnologiyalar bilan yurtdoshlarimizni yaqindan tanishtirish hamda daromadini oshirishdir.
⌛ Ayni maqsadda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining “Buloqboshi” MFY hududidagi 22 ta xonadondon egalari bilan ilmiy muassasa olimlari “xonadonbay” ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishishdi.
Kelishuvga erishilgan xonadonlarning tomorqalarida ekish uchun institutda yaratilgan kartoshkaning “Toshkent ertakisi” va “O‘zbekiston qizili” navlarining yuqori avlodli ( super-superelita) urug‘laridan 300 ming dona mikro tuganaklari ko‘paytirish maqsadida yetkazib berildi.
Kartoshka ekilgandan buyon o‘tgan qariyb 70 kun davomida olimlar va tomorqachilarning ilmiy hamkorligi bugun o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatdi.
Suratlarda ko‘rib turganingizdek, dastlabki natijalar ko‘zni ham, ko‘ngilni quvontiradi. Haqiqiy natija haqida tomorqalardagi kartoshkalar to‘liq kovlab olingandan so‘ng yana ma’lumot beramiz.
Ekindan bo‘shagan yerlarga institutda yaratilgan ekin turlari takroriy ekin sifatida ekilib, xonadon daromadini oshirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar davom ettiriladi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz