Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Tadqiqot

Tadqiqot
Mamlakatimizda eksportbop, qurg‘oqchilikka chidamli guar o‘simligini yetishtirish tajriba qilinmoqda So‘nggi yillarda suv tanqisligi muammosi mamlakatimiz agrar tarmog‘ida ham sezilmoqda. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlarni tajriba sifatida mamlakatimiz iqlim sharoitida yetishtirib ko‘rish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada vazirlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan olib borilayotgan izlanishlar e’tirofga loyiq. Jumladan, O‘simlik genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi dala maydonida guar o‘simligi tajriba sifatida yetishtirilmoqda. – Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilda respublikamiz uchun yangi bo‘lgan guar o‘simligi ilk bor introduksiya qilinib, tajriba-sinov ishlari boshlab yuborildi, – deydi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Hamidulla Hasanov. – Noyob xususiyatli guar dukkakdoshlar oilasiga mansub va bir yillik o‘simlik. Pishib yetilmagan dukkaklari sabzavot sifatida, pishgan doni oziq-ovqat, konditer sanoatida keng foydalaniladi. Shuningdek, poyasi va doni chorva, parranda uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Tuproq unumdorligini oshirishda esa siderat ekin sifatida qo‘llaniladi. Yuqoridagi video orqali ushbu o‘simlik haqida batafsil bilib olishingiz mumkin. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.