Tadqiqot

O‘zbekistonda tolali zig‘ir yetishtirish bo‘yicha yangi tadqiqotlar o‘tkazilmoqda
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari O‘zbekistonning iqlim sharoitida tolali zig‘ir yetishtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Tadqiqotlar doirasida zig‘irning “Avgustin”, “Aksent”, “Grant”, “Lada” va “Dukat” navlari laboratoriya va dala sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Dastlabki bosqichda institut laboratoriyasida “Avgustin”, “Aksent”, “Grant” va “Lada” navlari urug‘larining unish energiyasi aniqlangan. Keyinchalik Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi tajriba maydonida tanlangan navlar ekildi. Urug‘lar 10–12 kun ichida unib chiqishni boshlagan, to‘liq unib chiqish esa 20–22 kunda kuzatilgan.
5-may holatiga ko‘ra, umumiy unuvchanlik 80–90 foiz atrofida bo‘lib, eng yuqori natijani “Grand” va “Avgustin” navlari (90%) ko‘rsatgan. Eng past unuvchanlik esa “Dukat” navida qayd etilib, 80% ni tashkil etgan.
Ilmiy xodimlarning ta’kidlashicha, ushbu tadqiqotlar mamlakatimizda tolali zig‘ir yetishtirish imkoniyatlarini baholash ва qishloq xo‘jaligi sanoatiga yangi istiqbollarni ochib berishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube