Tabrik #Tadbir #Konstitutsiya

MEHNATINGIZ QADR TOPAVERSIN
2022-yil 7-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib, mamlakatimizda agrar sohani transformatsiya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimiz Qomusining taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
“Barchangizni o‘zim va butun jamoa nomidan bayram bilan tabriklayman. Bilamizki, keyingi yillarda yurtimizda Konstitutsiya asosida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga jamiyatimiz taraqqiy etishida, hayotimiz farovon bo‘lishida siz aziz hamkasblarning ham hissangiz beqiyos. O‘ylaymanki, siz kabi fidoyi insonlar qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shadi”, – deb ta'kidlab o‘tdi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Shundan so‘ng vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarda soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM