Suhbat

Ochiq maydonda limon yetishtirsa bo‘ladimi?
Bu savolga ko‘pchilik bizning mintaqamizda buning iloji yo‘q, deb javob berishi mumkin.
Ammo shoshilmang!
Kelajakda mamlakatimizning ko‘plab hududlarida ochiq maydonlarda limon plantatsiyalarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Boisi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va "TSitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar" uyushmasi hamkorligida limonning sovuqa chidamli navini yaratish ustida ilmiy tadqiqot olib borilyapti.
Ushbu ilmiy ish bizni ham qiziqtirdi va tadqiqot muallifi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, limonchilik bo‘yicha yetuk mutaxssis Nuriddin Faxriddinov bilan suhbat uyushtirdik. Suhbatni rasmiy telegram kanalimizda tamosha qilishingiz mumkin.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz