smart_farm #akis

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovasion markazi qurilishiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan 4,3 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida koreyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 14 million dollar bo‘lgan 3-loyihaga, ya’ni “Aqlli qishloq xo‘jaligi” sanoat texnologiyalari innovasion markazini barpo etishga start berildi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz