Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Smart Farm texnologiyalari O‘zbekistonda keng joriy etilmoqda

Smart Farm texnologiyalari O‘zbekistonda keng joriy etilmoqda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston agrar sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda innovatsion ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligi strategiyasida resurs tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, ilm-fanga asoslangan innovatsion faoliyatni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu maqsadda bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi bilan umumiy qiymati 21,4 million AQSh dollari bo‘lgan “Smart Farm sanoat texnologiyalari innovatsion markazi” loyihasi agrar sohaga raqamli va aqlli texnologiyalarni jadal tatbiq etishga xizmat qilmoqda. Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya Savdo-sanoat va energetika vazirligi, KOAMI, KIAT, CAMTIC hamda “Agro Solution Korea” kompaniyalari hamkorligida loyihaning navbatdagi tashabbuslari ish boshlashi oldidan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida 2024–2025-yillar davomida KOAMI tomonidan 1,8 million dollarlik aqlli issiqxona tizimlari va ishlab chiqarish liniyalari, 1,9 million dollarlik zamonaviy laboratoriya uskunalari o‘rnatildi. Shuningdek, 2024-yilda Toshkent va Samarqand viloyatlarida, 2025-yilda esa Xorazm, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida zamonaviy aqlli issiqxonalar qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu issiqxonalar mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va yuqori samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida ishtirokchilar loyiha doirasida qurib bitkazilgan yangi laboratoriya bilan ham tanishdilar. Mazkur laboratoriya o‘simliklar fiziologiyasi, tuproq agrokimyosi, urug‘chilik va issiqxona texnologiyalarini ilmiy asosda rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.