Sizga ta’zimdamiz, aziz Ustozlar!

Bugun 1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar” kuni. Biz nimagadir ustozlarimizni rasmiy sana munosabati bilan tabriklashga, ehtirom ko‘rsatishga odatlanib qolayotgandekmiz.
Aslida ustozlar hayotimizning har lahzasida ehtirom ko‘rsatishga munosib ulug‘ zotlardir. Boisi bizning hayotda erishayotgan har bir yutug‘imiz birinchi ustozimizning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunimizda kattalarga salom berish-u qo‘llarimizdan tutib harf yozishni o‘rgatgan onidan boshlangan desam, aslo mubolog‘a bo‘lmaydi.
Shu bois ustozlarim hamisha, har on qalbimda. Bugungi bayram kunida bolaligimga, o‘quvchilik davrimga bir zum bo‘lsa-da, qaytgim keldi. Bolalik xotiralarim yodga tushdi.
Aziz Ustozlar, barchangizni bugungi qutlug‘ ayyom bilan samimiy qutlayman. Farzandlar va shogirdlar kamolidan mudom faxrlanib yuring, aziz Ustozlar!
Shuhrat Otajonov
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori