Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sirdaryoda paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Sirdaryoda paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
Ayni vaqtda ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrifimizning dastlabki manzili Mirzaobod tumanidagi "Arslon ibn Rahmon" fermer xo‘jaligiga qarashli 37 gektarlik paxta maydoni bo‘ldi. Mazkur dalada paxta "Shinjon" agrotexnologiyasi asosida ochiq usulda ekilgan. Dalani ko‘zdan kechirish jarayonida ekinning rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning sifati va ularning o‘z vaqtida bajarilishini atroflicha tahlil qildik. Har bir agrotexnik jarayonning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, yuqori hosildorlikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdim. Tashrif davomida dalaning o‘zida Mirzaobod tumani fermerlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Unda bugungi kunda paxta parvarishida eng dolzarb vazifalar, vegetatsiya davrida bajarilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar hamda hosildorlikni oshirishning zamonaviy usullari batafsil tushuntirildi. Seminarda alohida ta'kidlanganidek, bugungi qishloq xo‘jaligi eskicha qarashlar bilan emas, ilm-fan va innovatsiyalarga tayangan yondashuv bilan rivojlanadi. Yuqori natijaga erishish uchun zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, har bir qarorni ilmiy tavsiyalar asosida qabul qilish bugunning eng muhim talabidir. Shuningdek, paxtani innovatsion usulda yetishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma barcha fermerlarga tarqatildi. Unda ekinni parvarishlashning har bir bosqichi sodda va tushunarli tarzda izohlangan. Biroq nazariy tavsiyalar bilangina cheklanmay, dalaning o‘zida amaliy misollar orqali agrotexnik tadbirlarni qanday tashkil etish lozimligini batafsil ko‘rsatib berdim. Ta'kidlanganidek, ushbu seminar faqatgina unda ishtirok etgan fermerlar uchun emas, balki ular orqali hududdagi barcha paxtakorlarga zamonaviy tajribalarni yetkazish, ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish va innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.