Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholichilikda intensiv texnologiyalar amaliyotda

Sholichilikda intensiv texnologiyalar amaliyotda
Ayni daqiqalarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sholi yetishtirishning intensiv texnologiyasi” mavzusida ko‘rgazmali dala seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, soha olimlari, mutaxassislar, fermer va klasterlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy sholi yetishtirish texnologiyalari, ko‘chat tayyorlash jarayonlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi hamda sholini mexanizatsiya asosida ekish usullari bilan tanishmoqda. Shuningdek, dronlar yordamida azotli o‘g‘itlar sepish, begona o‘tlarga qarshi kurashish va sholi urug‘ini ekish jarayonlari amaliy namoyish etilmoqda. Tadbirda suv tejovchi texnologiyalar, xususan sholini tomchilatib sug‘orish usulining afzalliklari va samaradorligi yuzasidan ham mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.