Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholichilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan yangi "Tarona" navining afzalliklari

Sholichilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan yangi "Tarona" navining afzalliklari
Hosildorligi- gektariga 9,5–9,8 tonnagacha hosil olish mumkin. Agrotexnikasi Urug‘idan sepib ekilganda: bir gektarga sarflanadigan urug‘ me’yori 6,0 mln.dona. Bir gektarga sarflanadigan suv me’yori–23000–25000 m3 Ko‘chat usulida ekilganda: (kassetalarga) ekish muddati 5 aprel -10 aprel, asosiy dalaga ekish 5 may – 10 may. Bir gektariga 180-200 dona kasseta, har bir kassetaga 272-280 gm sholi urug‘i gektariga esa 49-56 kg sarflanadi. Bir gektarga sarflanadigan suv me’yori–18000–19000 m3. Ko‘chatlarni dalaga ko‘chat ekadigan Janubiy Koreyadan keltirilgan maxsus RF- 455 mashinasi yordamida ekilganda 30-10 sm qilib har bir uyaga 3-4 tadan ko‘chat ekiladi. Qo‘l kuchi yordamida ekilganda: sholi urug‘i 10 aprel-15 aprelda 100 m2 maydonga o‘rtacha 6-7 kg hisobida ekiladi. Ko‘chatlarni qo‘lda ekish uchun 1 gektar maydonga 7-8 kishi ishchi kuchi sarflanadi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.