Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Filippin davlatidagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Filippin davlatidagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida
Qishloq xo‘jaligi vazirligi G‘allachilik va dukkakli don ekinlari bo‘limi boshlig‘i A.Mansurov boshchiligidagi delegatsiya 28-30-noyabr kunlari Filippin davlatidagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida xizmat safarida bo‘lishdi. Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ajay Kohli hamda institut olimlar bilan uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomon Global iqlim o‘zgarishi, havo haroratining yildan-yilga isib borishi, suv zahiralarining kamayib borishini hisobga olgan holda sholining yangi navlarini yaratish va ularga mos zamonaviy yetishtirish agrotexnalogiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik tadqiqotlarni bajarish yuzasidan muhokamalar olib borildi. Shundan so‘ng, kadrlar malakasini oshirish, yangi zamonaviy seleksiya usullarini o‘rganish va qator masalalar yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.