Shinjon” agrotexnologiyasi va an’anaviy usul: farq nimada?

Zamonaviy qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuv hosildorlik va resurslardan oqilona foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. Koson tumanidagi “Koson” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan tajribada “Shinjon” agrotexnologiyasi va an’anaviy usulda paxta ekish natijalari taqqoslandi.
“Shinjon” usulida paxta 76/10 sxemada, plyonka ostida va tomchilatib sug‘orish orqali qo‘shqator qilib ekiladi. Natijada har g‘o‘zada 10–12 bo‘liq ko‘sak hosil bo‘lib, hosil 10-sentabrdayoq terimga tayyor bo‘ladi. Bu usulda har gektarga 240 ming ko‘chat ekiladi, barcha ishlar texnika yordamida bajariladi.
An’anaviy usulda esa yakkaqator, ochiq ekin tarzida xorijiy navlar ekilib, hosil 20-oktabrga borib pishadi. Ko‘chat soni kam va ishlarning asosiy qismi qo‘lda bajariladi, bu esa hosildorlik va samaradorlikni pasaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, “Shinjon” texnologiyasi hosilning erta pishishi, ko‘pligi, mehnat tejamkorligi va yuqori rentabelligi bilan ajralib turadi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram