"Shiitake" qo‘ziqorinini bilasizmi?

Endilikda O‘zbekistonda ham "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Asosan Osiyo oshxonasida keng ishlatiladigan bu qo‘ziqorin o‘ziga xos ta’mi va oziqaviy qiymati bilan mashhur. U yangi yoki quritilgan holda sho‘rva, mastava, qovurma, sabzavotli va guruchli taomlar hamda turli souslar tayyorlashda ishlatiladi.
"Shiitake" tarkibida oqsil, kletchatka, B guruhi vitaminlari, mis, selen, rux kabi minerallar va antioksidant birikmalar mavjud.
Mamlakatimizda qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning "Mushroom Garden" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistonda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida institut va "Mushroom Garden" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi.
Demak, yaqin kelajakda o‘zimizda yetishtirilgan "shiitake" qo‘ziqorini ham iste’molchilar dasturxonidan joy olishi mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube