Seminar #aprobatsiya #paxtachilik

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyatining Elita urug‘chilik xo‘jaligida urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, aprobatsiya komissiyasi aʼzolari, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ekpertlar, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Seminar davomida urug‘lik uchun ajratilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, urug‘lik paxtani terish, qabul qilish va saqlash masalalari muhokama etiladi.
Batafsil maʼlumotlarni kuzatib boring