Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazii huzuridagi Biznes maktabda BMTTD bilan hamkorlikda “Fermer ayollar tomonidan agrosmart texnologiyalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq to‘siq va imkoniyatlar hamda ayollar tomonidan agrosmart texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi. Ishtirokchilarga gender tengligi va iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik, yashil oziq-ovqat qiymat zanjirlarida ayollarning roli hamda agrosmart texnologiyalarni qabul qilishda to‘siqlar va afzalliklar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv tarzda o‘tishni qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilim va innovasion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.