seminar

Muloqot tadqiqotlarning natijadorligiga bag‘ishlandi
Ma’lumki, mo‘l hosil yetishtishtirish uchun barcha resurslar yetarli bo‘lganda ham urug‘lik ko‘ngildagidek bo‘lmasa, qilingan xarajat o‘zini oqlamaydi. Ochig‘ini aytish kerak, sifatli urug‘lik va ko‘chatlar tayyorlashda yechimini kutayotgan muammolar bor. Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalari olimlarining oldidagi eng ustuvor vazifalar ham resurstejamkor, serhosil nav va duragaylarni yaratishdir.
Muloqotda ilmiy muassasalarning doktorantlari olib borayotgan tadqiqotlarning dastlabki natijalari haqida hisobotlar tinglandi. Olingan natijalar xususida tajribali mutaxassislar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, zarur tavsiyalar berdilar.
– Asosiy maqsadimiz, soha ilm-fanini rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan sifatli urug‘lik, nav va duragaylar yaratishdir. Agar dehqon biz yaratgan navni tanlasagina olim sifatida maqsadimizga erishgan bo‘lamiz, – dedi muloqot so‘nggida Milliy markaz direktori Sh. Otajonov.
AKIS UZBEKISTAN