Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Bronza tusli qo‘ng‘izlarga qarshi yangi ilmiy yechim taklif qilindi Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazida “Doktorantlar kuni” doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Muzaffar Umurzaqov o‘z ilmiy tadqiqoti natijalarini taqdim etdi. Uning izlanishlari mevali bog‘larda keng tarqalgan bronza tusli qo‘ng‘izlarning tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlariga bag‘ishlandi. Tadqiqotda ushbu zararkunandalar aprel–may oylarida gul va meva g’o’rasini yemirib, hosilning 20–25 foizigacha nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Ilmiy ishning dolzarbligi shundaki, O‘zbekiston meva yetishtirishda ulkan salohiyatga ega bo‘lsa-da, bronza tusli qo‘ng‘izlarga qarshi samarali choralarsiz yuqori hosilga erishish mushkul. Tadqiqotda Samarqand viloyatida turon bo‘g‘usimon va chipor bronza qo‘ng‘izi, Toshkent viloyatida esa yashil tusli bronza qo‘ng‘izi dominant tur ekani ilk bor qayd etildi. Shuningdek, turli kimyoviy vositalar sinovdan o‘tkazilib, ular orasida Fufanon 57% emulsiyasi eng samarali ekani ko‘rsatildi. Tajribalar ushbu preparatning biologik samaradorligi 85,4 foizga teng ekanini namoyon etdi. Taqdimotdan so‘ng muhokama jarayonida yosh olimga ustozlar tomonidan foydali tavsiya va takliflar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.