Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

seminar

seminar
Pomidorni payvand qilsa natijasi qanday bo‘ladi? ⌛ Biz odatda mevali daraxtlarni payvand qilamiz. Boisi, yovvoyi mevadan tayyorlangan payvandtakka, serhosil mevaning novdasini payvand qilamiz. Natija esa mo‘l va sifatli hosil bo‘ladi. Ha, biz buni yaxshi bilamiz. Biroq bugun ko‘pchilikni sabzavotchilikda ham payvandlash usulidan foydalanish masalasi qiziqtiradi. Sirasini aytganda, bugun bu agrotexnologiya dunyo tajribasida bor. Bu borada yurtimizda ham olimlarimiz tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Millliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining mukstaqil tadqiqotchisi Baxtiyor Karimov ham ushbu yo‘nalishda ilmiy ishlanish olib bormoqda. Milliy markazda o‘tkazilgan “Doktorantlar kuni”da u o‘zi o‘tkazayotgan tadqiqotlar jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini ekspertlar hukmiga havola qildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida pomidorning issiqxonada ekishga yaroqli yirik mevali “Gulqand”, o‘rta mevali “AVE-Mariya” va mayda mevali cherri “Marvarid” navlari o‘rganildi. Payvandtag sifatida ushbu navlar uchun Butunjahon Sabzavotchilik Markazidan madaniy pomidorning (Lycopersicon esculentum Mill.) 2 ta cherri tizmalar №10 (L03708) va №15 (L06193) hamda 2 ta yovvoyi turdan (Lycopersicon esculentum ssp. pimpinellifolium) №19 (CLN2071V) va №20 (CLN2071D) namunalar foydalanilgan. Tadqiqot davomida pomidor vegetativ payvandlab parvarish qilinganda tadqiqot ob’ekti siftatida tanlab olingan navlarda hosildorlik 20 foizga ko‘payib, tamaki mozaikasi virusi, jigarrang dog‘lanish va fuzarioz viltlariga 100% chidamligi aniqlangan. Shuningdek, “Gulqand”, “AVE-Mariya” va cherri “Marvarid” navlarida tovarboplik 97-98 foiz va o‘rtacha meva vaznig 43 foizgacha ortishi kuzatilgan. Seminar yakunida tadqiqotchiga ekspertlar tomonidan tadqiqotni yanada pishiq va puxta o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.