Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Seminar

Seminar
Ayni daqiqalarda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi “Yusupov Obid Fayz” fermer xo’jaligi maydonida Xitoy seleksiyasiga mansub g'o’za navlarining natijalari va paxta yetishtirishda Xitoy texnologiyasining ahamiyatiga bag'ishlangan dala seminari bo’lib o'tyapti. Seminarni Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov kirish so’zi bilan ochib, sohada ko’zlangan natilalarga erishish uchun dunyodagi ilg’or texnologiyalarni joriy etishni davrning o’zi taqozo etishi, shu bois yurtimizda bu yil ilk bor xorij navlari tajriba tariqasida ekilgani va Xitoy navlari hamda texnologiyasi o’zining ijobiy ko’rsatkichlarini namoyon qilganini seminar ishtirokchilariga bildirdi. Ushbu fermer xo’jaligining 23 gektar yer maydonida Xitoyning “Tian Ye Agro” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Xin LU ZA0-78” navi parvarish qilingan. Seminarda ishtirok etayotgan soha olimlari, mutaxassislar va fermerlar o’rtasida mavzu yuzasidan qiziqarli savol-javob va munozaralar bo’lib o’tyapti. Seminar ishtirokchilari Xitoyning hamkor kompaniyasi “Tian Ye Agro” vakillaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.