Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Seminar

Seminar
YOSH TADQIQOTCHILAR — ILMIY IZLANISHLAR YO‘LIDA Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yosh tadqiqotchilar turli yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yo’sh izlanuvchilar Milliy markazda tashkil etiladigan “Doktorantlar kuni”da o‘z tadqiqotlari natijalarini ustoz olimlarga taqdim etadilar. Galdag’i seminarda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Hamidullo Ahatov golubika (Vaccinium corymbosum L.) navlarini sun’iy mutagenez usulida yaratish va ko‘chatlarni yetishtirishni takomillashtirish mavzusidagi izlanishlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Zoom platformasi orqali Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich doktoranti Feruza Oltiboyeva takroriy ekin sifatida yetishtirilgan loviya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga qurg‘oqchilikning ta’sirini o‘rganish mavzusidagi tadqiqoti bilan qatnashdi. Tadbirda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, ustozlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Taqdimotlar jarayonida har ikki doktorantning olib borgan izlanishlari muhokama qilindi, ularga zarur tavsiyalar va xulosalar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.