Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Savol: Qizil loviyaga tushgan o‘rgimchakkana qarshi qanday samarali vosita bor?

Savol: Qizil loviyaga tushgan o‘rgimchakkana qarshi qanday samarali vosita bor?
Kanalimizning kuzatuvchisidan kelgan shu savolga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI laboratoriya mudiri Kamol Mamatov quyidagicha javob berdi: Parpargit (Propargite) Guruhi: akarisid Faol moddasi: Propargite (ammiak derivatlari) Ta’siri: o‘rgimchakkananing barcha bosqichlariga (lichinka, nimfa, katta) qarshi samarali Qo‘llash miqdori: 1,5–2,0 l/ga Karentsiya: 20–30 kun O‘ziga xosligi: tashqi ta’siri kuchli, ichki to‘qimalarga kam singadi Vertimek (Abamectin) Guruhi: biologik insektisid-akarisid Faol moddasi: Abamectin Ta’siri: o‘rgimchakkanalarning nerv tizimiga ta’sir qilib, falaj qiladi Qo‘llash miqdori: 0,2–0,3 l/ga Karentsiya: 14–20 kun O‘ziga xosligi: havo harorati 20°C dan yuqori bo‘lsa, samarasi kuchayadi Nissoran (Hexythiazox) Faol moddasi: Hexythiazox Afzalligi: o‘rgimchakkananing tuxumlariga ham ta’sir qiladi Turli brendlar ostida sotuvda mavjud: Agrilex 5% Nissoran 10% Acar Gold (Hexythiazox + Propargite) Akara Bio Qo‘llash me’yorlari: Nissoran va Agrilex – 0,2 kg/ga Acar Gold, Akara Bio – 0,3–0,5 l/ga Agrobiomek 5% (Abamectin) Bugungi kunda sinovdan o‘tib, yuqori natija bergan vosita Qo‘llash miqdori: 0,2–0,4 l/ga Samaradorlikni oshirish uchun: 10 litr suvga 15 gramm PAV (yopishtiruvchi modda) qo‘shish – bu preparatning barglarga yaxshi yopishishini va ta’sirini oshiradi Dorilarni salqin va sokin paytda (ertalab yoki kechqurun) qo‘llash tavsiya etiladi Sizda ham o‘simlik kasalliklari yoki zararli hasharotlar bo‘yicha savol bormi? "Agro Info" siz uchun ishlaydi — savolingizni bot orqali yoki izohda yo‘llang! https://t.me/dehqongayordam #o‘rgimchakkana #akarisid #sabzavotchilik #qizilloviya #agromaslahat #agroinfo

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.