Samarqandda mevali daraxtlarning yangi navlari yaratilmoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida zamonaviy seleksiya ishlari olib borilmoqda.
Bu yerda mevali daraxtlarning kasallik va zararkunandalarga chidamli, serhosil hamda eksportbop yangi navlari yaratilmoqda. Bu haqda batafsil "Samarqand" telekanalida namoyish etilgan "Agro taraqqiyot" ko‘rsatuvida so‘z yuritildi.
Ko‘rsatuvni rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Ilm va amaliyot uyg‘unligidagi agrar yutuqlar bilan tanishing!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube