SAMARQAND KONFERENSIYASI: TAJRIBA, TAKLIF VA TASHABBUSLAR O‘RTAGA TASHLANMOQDA

7-8-sentyabrda Samarqandda mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan yirik anjuman bo‘lib o‘tmoqda.Bu xalqaro anjumanni tashkil etish ehtiyojiga to‘xtaladigan bo‘lsak, asosan bu O‘zbekistonning tashabbusi hisoblanadi. Bunda biz respublikamizning oxirgi yillarda erishgan yutuqlarini, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi tajribalarini xalqaro hamjamiyat bilan ulashishni maqsad qilganmiz.
Ma’lumki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi qabul qilinganligiga mana qariyb besh yil bo‘lmoqda. Ushbu yillar davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, sohani yangi bosqichga olib chiqish, agrar tarmoqni xizmat ko‘rsatishga, sohani ilm va innovatsiyaga asoslangan tizimga o‘tkazishga doir keng qamrovli tadbirlar, islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda konferensiyada 8 ta global mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Eng birinchi tashabbuslardan biri bu oziq-ovqat xavfsizligi va suv muammosi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumiy suv resurslarimizning 90 foizidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram