Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

SAMARQAND KONFERENSIYASI: BIR KUNDA 1,88 MLRD AQSH DOLLARILIK KELISHUVLAR IMZOLANDI

SAMARQAND KONFERENSIYASI: BIR KUNDA 1,88 MLRD AQSH DOLLARILIK KELISHUVLAR IMZOLANDI
O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik ko‘magida o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Agrooziq-ovqat investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. 8-sentyabrda Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston agrooziq-ovqat investitsiya forumida mamlakatimizning agrar salohiyati yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirdilar. Ushbu qiziqish natijasi o‘laroq, forum yakuniga ko‘ra, 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi. Xususan, mamlakat agrar tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi 24 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi, ularning umumiy qiymati 857,3 mln AQSh dollarini tashkil qildi. Bundan tashqari, 14 ta loyiha uchun jami 707,5 mln AQSh dollariga teng grantlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga kelishib olindi. Shuningdek, 319,2 mln AQSh dollariga teng savdo kelishuvlari imzolandi. #Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.