Sabzavotchilik yo‘nalishida Latviya bilan hamkorlik aloqalari tobora rivojlanmoqda

Latviya Respublikasining “Bulduru texnikums” markazi direktori Dr. Rafaels Joffe boshchiligidagi delegatsiya Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zosi Dr. Anta Sparinska “Bulduru texnikums” markazi faoliyati va hamkorlikda olib borilayotgan “Development of biotechnology and digital skills for climate-controlled agriculture (Bio Digi Skills)” loyihasining mazmun mohiyati bilan tanishtirdi.
Mehmonlar institutning ilmiy faoliyati, laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube