Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Sabzavotchilik sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Sabzavotchilik sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Janubiy Koreyaning The Collobration of agriculture and technologi – REPURTER va Lets-Farm Co. Ltd. menejeri Park Seong Jin boshchiligidagi delegatsiya Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiyaga Janubiy Koreyaning Koreya elektron texnologiyalar instituti xodimlari Keunxo Park va Song Inseonlar ham hamrohlik qildilar. Uchrashuvda mehmonlar “Agricultural-Bio Cluster” loyihasi taqdimot qildi. Ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, loyihaga ilmiy yondoshuvda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ishiroki yaxshi natija berishi ta’kidlandi. Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyaning The Colloration of agriculture and technologi – REPURTER va Lets-Farm Co. Ltd tomonidan Hindistonda ham “Agricultural-Bio Cluster” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirishning ilk bosqichida qulupnay va oq rangli pomidor turlaridan bio mahsulot yetishtirish, yetishtirilgan oq rangli pomidor quritilib Janubiy Koreyaga eksport qilish rejalashtirilgani bayon etildi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.