Sabzavotchilik ilmini rivojlantirishda xitoylik olimlar bilan hamkorlik

Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Paxtachilik instituti direktori Gao Ley va G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti direktori o‘rinbosari Xe Vensin boshchiligidagi delegatsiya Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv avvalida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz direktori Sh.Namazov va delegatsiya a'zolari o'rtasida samimiy muloqot bo'lib o'tdi. Unda ikki davlat agrar sohasi ilmiy muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalari tobora kengayayotganligi e'tirof etildi.
Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishish davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasiga innovatsion ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish va yangi istiqbolli navlar yaratish (seleksiya) bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolarida ayniqsa, mahalliy qovun va tarvuz kabi poliz ekinlariga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligi ta’kidlandi. Ushbu ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi va ularni yetishtirishda keng foydalaniladigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, navlar almashinuvi va eksportbop mahsulotlar yangi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy hamkorlik qilish takliflari bildirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube