Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

SABZAVOT VA POLIZ EKINLARINING HARORATGA MUNOSABATI

SABZAVOT VA POLIZ EKINLARINING HARORATGA MUNOSABATI
Ular 4 ta guruhga bo‘linadi: Qish fasliga va muzlamaga chidamli ekinlar: Piyoz, shovul, sparja. Bu o‘simliklarning rivojlanishi +1 darajadan boshlanadi. Sovuqqa chidamli ekinlar: Karam, salat bargi, shivit, ismaloq, bir yillik piyoz, sarimsoq, no‘xot va ildizmeva tarkibiga kiruvchi sabzavotlar. Bular rivojlanishining boshlang‘ich harorati +2 dan boshlanadi, +32 darajadan keyin ularda o‘sish umuman to‘xtaydi. Iliqsevar ekinlar: Bu guruhga bodring, qovoqcha, pomidor, achchiq va bulg‘or qalampiri, baqlajon singari sabzavotlar kiradi. Ularning urug‘i +12 darajadan keyin unishni boshlaydi. Ularning optimal o‘sish harorati +20 +28 daraja. +15 dan past va +30 darajadan baland haroratda ozuqa moddalarning yetib borishi va o‘sish jarayoni sekin-asta to‘xtaydi. Issiqsevar ekinlar: Bular tarvuz, qovun, oshqovoq,  makkajo‘xorilardan iborat. Ular issiqlikka talabchan, rivojlanishi esa, hatto +40 darajadan keyin ham davom etadi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.