Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

S5+1 sammiti doirasida O‘zbekiston va John Deere o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

S5+1 sammiti doirasida O‘zbekiston va John Deere o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammiti doirasida vazir Ibrohim Abdurahmonov John Deere kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi investitsion faoliyati, qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish, yangilangan texnologiyalarni joriy etish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar agrotеxnika sohasiga invеstitsiyalar hajmini oshirish, mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida raqamli yechimlar va “aqlli texnika” texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va John Deere kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma invеstitsiya loyihalarini amalga oshirish va innovatsion yechimlarni tatbiq etishni nazarda tutadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.