Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi

Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida malaka oshираётган Respublika agroxizmatlar markazининг viloyat ва tuman bo‘limlari boshliqlari hamда mutaxassislari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida o‘quv-amaliy tanishuvdan o‘tdilar.
O‘quv-amaliy tanishuv davomida mutaxassislar institut huzuridagi Milliy genbank faoliyati bilan yaqindan tanishиб, o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, yangilash hamда kelajak avlod uchun kafolatli asrash jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ular institut laboratoriyalarida olib borilayotgan:
biotexnologik tadqiqotlar,
o‘simliklar fiziologiyasi va stressga chidamlilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar,
molekulyar-genetik tahlillar
bilan bevosita tanishиб, zamonaviy ilmiy uskunalar va metodlar asosida olib borilayotgan ish jarayonlarini kuzатdilar.
Bundan tashqari, Dorivor o‘simliklar genetik resurslari bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar — noyob va istiqbolli dorivor o‘simliklarni saqlash, o‘rganish hamda seleksiya qilish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishildi.
Tanishuv davomida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, AKIS tizimi orqali bilimlarni hududlarga samarali yetkazish hamda ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘quv-amaliy tanishuv ishtirokchilarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy seleksiya yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan tajribalar katta qiziqish va ijobiy taassurot uyg‘otdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube