repost #axborot_24

AXBOROT 24 | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING VENGRIYAGA RASMIY TASHRIFIGA OID
O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya davlatiga 2 kunlik rasmiy tashrifi haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. Muhim voqealarga boy tashrif doirasida ko‘pgina sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi. Reportajda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bu haqda maʼlumot berib o‘tdi (reportajning 13-58 daq.).
Xususan, 7 ta yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, eksport shartnomalari imzolangani taʼkidlandi. 3 xil yo‘nalish: bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha Ishchi guruh tuzilib, ishlar faol tashkil etilishi belgilandi. Bundan tashqari, agrar taʼlim bo‘yicha Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan birga Yo‘l xaritasi tuzildi. Unga ko‘ra, talabalar va ITI ilmiy xodimlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM